OITS: INSONIYATNI LARZAGA SOLGAN KASALLIK (+FOTO)

2

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismning bir guruh ofiserlari ishtirokida OITSning ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Unda Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi B.Rixsiyev, Mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh mutaxassisi mayor Z.To‘xtayev, kapitan D.Bekkamov, harbiy qismning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ismoilovlar ishtirok etdi.


Mutaxassislar tomonidan ta’kidlanganidek, 1-dekabr kuni dunyo xalqlari OITSga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Ushbu kunda biz jahon bo‘ylab bunday qo‘rqinchli kasallik tufayli vafot etgan qariyb 39 million kishini va ularning ortida qolgan g‘amgusor oilalarini yodga olamiz. Biz OIV virusi bilan og‘rigan o‘n millionlab odamlarning og‘riqlariga e’tibor qaratamiz. OITS shunday bir qotilki, u na jins, na irq, na millat va na chegara biladi.

Ilk bor 1981-yili aniqlanganidan buyon, u dunyodagi har bir mamlakatni chuqur qayg‘uga botirib, yo‘qotishlarga olib keldi.
Tadbir davomida ushbu kasallikka qarshi kurashning samarali usullari haqida batafsi ma’lumotlar berib o‘tildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati