TASHKILOT RAHBARLARI DALA SHAROITIDA OZIQ-OVQAT TA’MINOTINING QANDAY TASHKIL ETILISHINI YAQINDAN KUZATDI (+FOTO)

1

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari tarkibi bilan yig‘inlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Chirchiq” poligoni bazasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tashrif buyurdi.
Yig‘in ishtirokchilari belgilangan rejega muvofiq zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, shu bilan birga, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.


Ayniqsa, dala sharoitida oziq-ovqat ta’minotining qanday tashkil etilishi barcha mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati