KONSTITUTSIYA MUSTAQILLIGIMIZ, TINCHLIK VA OSIYISHTALIGIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI (+FOTO)

1

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda “Konstitutsiya mustaqilligimiz, tinchlik va osiyishtaligimizning mustahkam poydevori” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda Qurolli Kuchlar ansambli solisti M.Xo‘janov, Chirchiq shahridagi 18-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Arslonovalar ishtirok etdi.


So‘zga chiqqanlar qomusimizning mamlakatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, har bir modda zamirida inson hayotini muhofaza qilish, uni tartibga solish kabi muhim tamoyillar aks etganini ta’kidladilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati