“REGBI-15”: TOSHKENT HARBIY OKRUGI JAMOASI KETMA-KET G‘ALABA QOZONMOQDA (+FOTO)

1

Kuni kecha “Regbi-15” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ochiq chempionatiga start berildi. Mazkur chempionatda Mudofaa vazirligi qoshidagi barcha harbiy okruglar, oliy harbiy bilim yurtlari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi, shuningdek, kuch tuzilmalarining jami 12 ta jamoalari o‘zaro bellashmoqda.


Toshkent harbiy okrugining “Lochin” jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi ustidan 39:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Markaziy harbiy okrugi jamoasi bilan kechgan bahslarda 29:6 hisobida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
Chempionlik uchun qizg‘in kechayotgan bahslar joriy yilning 4-dekabr kunigacha davom etadi va g‘oliblar aniqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shu kungacha Toshkent harbiy okrugi Regbi jamoasi O‘zbekiston chempionligini o‘zida saqlab kelmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati