HARBIY XIZMATCHILAR MEHRIBONLIK UYIDAGI BOLAJONLARGA SHODLIK ULASHDI (+FOTO)

1

Bir guruh harbiy xizmatchilar poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 30-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan «Men ham harbiy xizmatchi bo‘laman» shiori ostida «Bolalarga bering dunyoni» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


Uchrashuv ajoyib kayfiyat va ruhda o‘tdi. Bolajonlar bilan kechgan samimiy suhbatlar har ikki tomonga ham zavq bag‘ishladi.
O‘zaro muloqotlar davomida bolajonlarga harbiy xizmatchilar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Qaysidir ma’noda kitoblar ertamiz egalariga o‘qish va oldinga harakat qilishga turtki berdi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati