“TOSH KO‘TARISH” SPORT TURINING OKRUG BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI (+FOTO)

1

Kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan harbiy qism sport bazasida “Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha okrug chempionati bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.


Ushbu musobaqada Chirchiq shahridagi harbiy qism jamoasining vakillari yakkalik bahslarida 4 ta birinchi o‘rin, 2 ta ikkinchi o‘rin va 2 ta uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda faxrli birinchi o‘rinni egalladi.


Shu munosabat bilan harbiy qismda g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Harbiy qism komandiri polkovnik Ismoil Qurbonov barcha g‘oliblarni chin dildan qutlab, ularga diplom va esdalik sovg‘alar topshirdi.
Musobaqa g‘oliblari chempionatning Mudofaa vazirligi bosqichida ham yuqori natija ko‘rsatishga va’da berdilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati