MUHTASHAM KUTUBXONADA IJODKORLAR VA HARBIY XIZMATCHILAR SUHBATI BO‘LIB O‘TDI (+FOTO)

2

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida harbiy xizmatchilar va taniqli ijodkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Farog‘at Xudoyqulova, “Jahon adabiyoti” jurnali bo‘lim boshlig‘i, shoir Davron Rajab ishtirok etib harbiy xizmatchilar hayotida adabiyot va kitobning o‘rni, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish borasida fikr yuritdilar.


Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar bilan o‘zaro muloqot qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati