BIR GURUH HARBIY XIZMATCHILARNING FARZANDLARIGA NOGIRONLIK ARAVACHALARI TOPSHIRILDI (+FOTO)

3

Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi hamkorligida bir guruh harbiy xizmatchilarning imkoniyati cheklangan farzandlariga nogironlik aravachasi va kitoblar topshirildi.


Unda hamkor tashkilot vakillari, faxriy harbiy xizmatchilar, ofiserlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xususan, ularning oila-a’zolari bilan olib borilayotgan ma’rifiy uchrashuvlarlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.


– Bugungi kun nafaqat menga, balki qizimga ham katta quvonch bag‘ishladi, – deydi kichik serjant Farhod Baratov. – Oilamizga berilgan e’tibor uchun Toshkent harbiy okrugi va hamkor tashkilot vakillariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Bu kabi rag‘batlar bizga Vatanimiz va farzandlarimizning baxtu kamoli uchun sadoqat bilan xizmat qilishga kuch bag‘ishlaydi.


Muloqotlar davomida harbiy oilalarning takliflari tinglandi va amaliy choralar ko‘rilishi haqida kelishib olindi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati