TOSHKENT HARBIY OKRUGI SPORTCHISI UNIVERSAL JANG BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORI BO‘LDI (+FOTO)

2

Xabaringiz bor, Ukrainaning Vinnisa shahrida universal jang bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning nufuzli sportchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Mamlakatimiz sportchilari ham ushbu musobaqada faol ishtirok etib, yuqori natijlarni qayd etishdi.


Chempionatda Toshkent harbiy okrugi sport jamoasi vakili shartnoma bo‘yicha harbiy harbiy xizmatchi oddiy askar Ruslan Zokirov universal jang sport turining kurash yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni, jangovar yo‘nalish bo‘yicha esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati