YOSHLAR ITTIFOQI MARKAZIY KENGASHI TOMONIDAN HARBIY QISMGA 150 DONA KITOB HADYA QILINDI (+FOTO)

2

Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash bilan bir qatorda ularning ma’naviy salohiyatini oshirish kun tartibida turgan muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismlarning biriga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Otabek Yo‘ldoshevning tashrifi ham fikrimizga monand bo‘ldi.
Bundan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy adabiyotga yanada yaqinlashtirishdan iborat.


Podpolkovnik Otabek Yo‘ldoshev harbiy qism komandiri polkovnik Ismoil Qurbonov boshchiligidagi shaxsiy tarkibga 150 dona sara asarlar jamlanmasini topshirar ekan, ushbu kitoblar har bir o‘quvchi dunyoqarashini ma’lum ma’noda o‘zgartira olishiga, uning sog‘lom fikrlashiga oz bo‘lsada xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati