BO‘LAJAK HARBIYLAR VATANGA QASAMYOD QILDI (+FOTO)

2

Ertamiz egalari bo‘lmish yoshlar ongida o‘z ona yurtiga bo‘lgan sadoqat va fidoiylikni shakllantirish, ularni yanada vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun zamin yaratish maqsadida yurtimizda o‘rta maktab tizimida harbiylashgan sinflarni tashkil etilgani barchamizga ayon.


Markaziy ofiserlar saroyida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 153-maktab harbiylashgan sinfi o‘quvchilari vatanga qasamyod qabul qilishdi.
Mazkur tadbirda bo‘lajak harbiylarimiz vatan oldidagi o‘z yigitlik burchiga sobit qolishga, g‘urur va iftixor bilan xizmat qilishga va’da berdilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati