“VATANPARVAR” MAHALLASIDA “OQILA UY BEKALARI – JAMIYATIMIZ KO‘RKI” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL QILINDI (+FOTO)

1

Shirin shahar “Vatanparvar” mahallasida yashovchi harbiy xizmatchilarning oilalari bilan “Oqila uy bekalari – jamiyatimiz ko‘rki” mavzusida tadbir tashkil qilindi.


Bundan ko‘zlangan maqsad, milliy urf-odatlarimizni yodga olish, jonlantirish, ularni yoshlar orasida targ‘ib qilishdan iborat.


Tadbirda shoir va yozuvchilar, psixologlar, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, turli to‘garak a’zolari o‘z nutqlari, ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.


Tadbirda “Buvim kiygan kiyimlar” nomli liboslar hamda rasmlar ko‘rgazmasi, “Pazanda ayol” taomlar namoyishi, kitobxonlik ko‘rgazmasi, alla va kelin salom bellashuvlari kabi chiqishlar namoyish etildi.


Har bir ko‘rinish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar aniqlanib, rag‘batlantirib borildi.


San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va jonli ijrodagi musiqlar barchaga maroq bag‘ishladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati