AMALIY OTISH MASHG‘ULOTLARIDA ICHKI QO‘RQUVNI YENGISH TAKTIKASI O‘RGANILDI (+FOTO)

1

Chirchiq poligonida batalon taktik guruhi shaxsiy tarkibining jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularning kasbiy malakalarini yuksaltirish, harbiy texnika va qurol-yaroqlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida taktik va amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


Bundan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning ruhiy-psixologik qo‘rquvlarini yo‘q qilish, har qanday murakkab vaziyatlarda ham tushkunlikka tushmaslik mahoratini shakllantirish, ularning qalbida jasurlik va shijoat tuyg‘ularini yanada oshirishdan iborat.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati