XITOYDA O‘TGAN BOKS CHEMPIONATIDA TOSHKENT HARBIY OKRUGI SPORTCHISI 1-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI (+FOTO)

5

VII Butunjahon armiya o‘yinlarida ishtirok etgan harbiy sportchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi delegasiyasi yurtimiz sharafini himoya qilib qaytishdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu musobaqada 8 nafar sportchimiz ko‘rsatgan yuqori natija tufayli esa Xitoyning Uxan shahri sport arenalari uzra mamlakatimiz madhiyasi yangradi.


Dunyoning 109 ta mamlakati vakillari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada ishtirokchilar 27 ta sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi. Eng quvonarlisi shundaki, boks bo‘yicha 91 kg vazn toifasida Toshkent harbiy okrugi sportchilar vzvodi sportchisi Mader Saidrahimov faxrli 1-o‘rinni egalladi.


Biz uning bundanda yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati