MADANIY DAM OLISH TADBIRLARI “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”GA ULANDI (+FOTO)

5

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning maroqli dam olishlari uchun turli konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Shundan tadbirlardan biri Chirchiq madaniyat markazi yakkaxon ijrochilari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Kuy-qoʻshiqlar mardonavor raqslarga ulandi.


Chirchik poligonida esa batalyon taktik guruhi komandiri podpolkovnik Erkin Hasanov boshchiligida “Yoshlar kelajagimiz poydevori” mavzusidagi ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi. Unda harbiy xizmatchilarning farzandlari diqqatga sazovor joylarga sayr qilishdi.
Bu kabi tadbirlar barcha harbiy qismlarda boʻlib oʻtmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati