MEN YURTIMNING VATANPARVAR FARZANDIMAN…

5

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bir guruh harbiy xizmatchilari tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 86-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilan “Men yurtimning vatanparvar farzandiman” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


Tadbirdan koʻzlangan maqsad, oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy vatanparvalik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga boʻlgan havas va qiziqishlarini oshirishdan iborat.
– Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yoshlardan hech qachon yomonlik chiqmaydi – deydi kurs boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, kapitan Sherqoʻzi Hakimov.


Shu bilan birga, Xalq deputatlari Aloqa harbiy institut kursantlari Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati Foziljon Rahmonov, Ulugʻbek Musayev hamda Tuman maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Alisher Mahkamovlar ishtirokida Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

“Eng katta boyligimiz – tinchlik va barqarorlikda” mavzusida oʻtkazilgan suhbat davomida kursantlar tomonidan berilgan savollarga deputatlar atroflicha javob berishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati