KITOB MUHOKAMASI: HARBIY XIZMATCHILAR VA TALABALAR OʻRTASIDA IJODIY SUHBAT

5

Bir guruh harbiy xizmatchilar Chirchiq davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda harbiy xizmatchilar bilim yurti kutubxonasi bilan yaqindan tanishib, tajribali oʻqituvchilar Z.Nosirova, D.Umirova, N.Jumayevlarning nutq madaniyatiga oid maʼruzalarini tingladilar. Tadbir soʻngida harbiylar bilan talaba yoshlar oʻzlari sevib oʻqiydigan asarlari yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati