HARBIY XIZMATCHILAR OʻRTASIDAGI ARTILLERIYACHILAR ESTAFETASINI 200 NAFARDAN ORTIQ OʻQUVCHILAR KUZATIB BORDI (+FOTO)

5

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida Mudofaa vazirligi Artilleriya boshqarmasi, artilleriya harbiy qismlari komandirlari va artilleriya mutaxassislari bilan birgalikda nazariy va amaliy mashgʻulotlar tashkillashtirildi.


Unda Chirchiq shahrida joylashgan 16-,21-umumtaʼlim oʻrta maktabning 200 nafardan ortiq oʻquvchilari ishtirok etib, jarayonlarni kuzatib borishdi.
Koʻrgazmali mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilari tomonidan artilleriya estafetasi namoyishi koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi.

Hakamlar hayʼati musobaqa ishtirokchilarining barcha artilleriya qurollari orqali jangovar vazifani tez va aniq bajarishlarini xolis baholab borishdi.
Qizgʻin kechgan bahslarda gʻolib ishtirokchilar kubok va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati