NAZORAT TEKSHIRUVINING 5-KUNIDA RADIOALOQA VOSITALARI HOLATI CHUQUR OʻRGANILDI (+FOTO)

6

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida Mudofaa vazirligi tomonidan nazorat tekshiruv imtihonlari boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Sinov imtihonlarining 5-kuni oʻz nihoyasiga yetdi.


Erta tongdan avtomashinalar va zirhli texnikalar parkida radio aloqalar boʻyicha mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Polkovnik Sh.Duschanov tomonidan harbiy qismdagi barcha zirxli texnikalardagi aloqa vositalari holati tekshirildi.


Bundan tashqari, harbiy qismda polkovnik Sh.Duschanov tomonidan barcha ofitserlar tarkibi ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi.


Yuunda harbiy xizmatchilarga aloqa vositalarini oʻz oʻrnida qoʻllash va jangovar shaylik boʻyicha muhim saboqlar berildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati