POYON RAVSHANOVNING “AMIR TEMUR SULOLASI” ASARI HARBIY XIZMATCHILARDA KATTA QIZIQISH UYGʻOTDI (+FOTO)

6

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida Poyon Ravshanovning “Amir Temur sulolasi” asariga bagʻishlangan ijodiy muloqot boʻlib oʻtdi. Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti badiiy kutubxonasi rahbari Sayera Nishonboyeva boshchiligida oʻtgan savol-javoblar shaxsiy tarkibda katta qiziqish uygʻotdi.


Asar oʻquvchiga nima bera oladi?
Sohibqiron Amir Temur va uning Markaziy Osiyo, Xuroson, Eron va Hindistonda besh asrga yaqin hukm surgan sulolasi barchani qiziqtirib keladi. Shajaraning bardavomligi bevosita davlat ahamiyatiga molik boʻlgan oilaviy tarbiyaga bogʻliq boʻlganligi, oʻzlikni, shaʼnni, or-nomusni saqlash xalqimizda uzoq asrlar davomida sayqal topgan milliy mentalitet, urf-odatlar, udumlar bagʻrida yetilganligi, ravnaq topganligi Sohibqiron tamal toshini qoʻygan toju taxt vorislari hayot yoʻli misolida keng koʻlamda yoritib beriladi.

Shu bilan birga, Temuriylar oilasi, ularning feʼl-atvori, tabiati, shijoati, sifatlari, surat va siyratlari, boshqaruv qobiliyatlari, ayricha fazilatlari, qusur va zaif jihatlari tarixiy manbalar vositasida yoritib berilgan. Asar shu jihati bilan eʼtiborga loyiqdir.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati