TOSHKENT HARBIY OKRUGI HARBIY QISMLARIDA NAZORAT TEKSHIRUV SINOVLARINING 3-KUNI YAKUNLANDI (+FOTO)

4

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida Mudofaa vazirligi tomonidan nazorat tekshiruv imtihonlarining 3-kuni oʻz nihoyasiga yetdi.


Erta tongdan harbiy xizmatchilar Chirchiq dala oʻquv maydonida amaliy otish mashgʻulotlarini bajarishga kirishdi. Shu bilan birga, harbiy qism hududida havo desant tayyorgarligi, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik hamda saf tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha sinov imtihonlari qabul qilindi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati