TOSHKENT HARBIY OKRUGI QOʻSHINLARIDA “YIGʻIN” SIGNALI BOʻYICHA AMALIY-NAZARIY SINOVLAR OʻTKAZILDI (+FOTO)

4

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida Mudofaa vazirligi tomonidan nazorat tekshiruv imtixonlari tezkorlik bilan oʻtkazilmoqda.
Erta tongdan harbiy xizmatchilar “Yigʻin” signali asosida harakatlanib, ofitserlar tarkibi jangovar tayyorgarlik yoʻnalishlari boʻyicha amaliy va nazariy sinovlardan oʻtishdi.
Jangovar texnikalar qurol-yaroqlar yana bir bor shay holatga keltirildi.


Bu kabi mashgʻulotlar avvalo harbiy xizmatchilarning professional mahoratini yanada oshirish, jamoa tarkibida bexato harakatlanish, belgilangan topshiriqlarni talab darajasida bajarish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.


Har qanday jamoa, harbiy qism va boʻlinma muvaffaqiyati komandir mahorati va tajribasiga, uning tezkor qarorlar qabul qilish, shaxsiy tarkibga namuna boʻla olish qobiliyati bilan sinaladi. Oʻzaro ahillik va hamjihatlikdagi intilishlar jamoani yuqori natija va koʻrsatkichlarga erishishida muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Amaliy ishlar tahlili taktik oʻquv mashgʻulotlarida harbiy xizmatchilar oʻzlariga qoʻyilgan topshiriqlarni nuqsonsiz bajarib, jangovar shayliklari yuqori ekanini yana bir karra namoyish etdilar.
Xulosa shuki, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini yanada oshirish, ularning bilim, tajriba va koʻnikmalarini mustahkamlashda bu kabi mashgʻulotlar oʻziga xos tajriba maktabi boʻlib xizmat qilmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati