DAVRA SUHBATI: EKSTREMAL VAZIYATLARDA MUSTAQIL QAROR QABUL QILISH TAJRIBASI(+FOTO)

5

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda qoʻshinlarni ekstremal vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish malakasini oshirishga bagʻishlangan davra suhbatlari boʻlib oʻtmoqda.
Unda taniqli psixologlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchilarda murakkab jarayonlarda ham toʻgʻri qaror qabul qila olish salohiyatini shakllantirish, ruhiy zoʻriqishlarni bartaraf etish, tushkunlik va qoʻrquvlarni bartaraf etish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarini bermoqdalar.


Ekstremal vaziyatlarda mustaqil karor kabul kilish mashgʻulotlarini harbiy qism psixologi mayor Ozodbek Usmonov hamda harbiy qism jangovar tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Rasuljon Sobirov hamkorligida oʻtkazilmoqda.
Shu kabi tadbirlardan yana biri Angren shahridagi harbiy qismlardan birida oʻtkazilib, unda Transport kolleji psixologiya fani oʻqituvchisi Ozoda Kurbonova tomonidan harbiy xizmatchilarni qiynayotgan masalalarga atroflicha yechim izlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati