HARBIY XIZMATCHILAR OʻRTASIDA SUITSIDGA QARSHI PSIXOLOGIK TRENINGLAR OʻTKAZILMOQDA (+FOTO)

5

Bugun butun dunyo aholisi oldida suitsidga qarshi kurashish masalasi jiddiy muammolardan biriga aylanishga ulgurdi.
Chunki minglab kishilarda ruhiy siqilish, tushkunlik va boshqa qator omillarning yakuni oʻz joniga qasd qilish bilan tugamoqda.
Mamlakatimizda bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida fuqarolarimiz uchun psixologik maslahat xonalari tashkil etilgan boʻlib, bu maʼlum maʼnoda suitsidga qarshi kurash usullarida samara bermoqda.


Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda aynan shu masala yuzasidan davra suhbati oʻtkazilib, shaxsiy tarkibning ruhiy-psixologiyasi bilan ishlash boʻyicha muhim koʻnikmalar berib borilmoqda. Psixolog Sh.Muxtorov va N.Tojiboyeva hamda sotsiolog O.Umarovalar ishtirokida oʻtkazilgan ochiq muloqotda ham suitsidni oldini olish tamoyillari haqida zarur tushunchalar berib oʻtildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati