HARBIY XIZMATCHILAR OʻRTASIDA NOODATIY SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI (+FOTO)

4

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida batalyon taktik guruhi shaxsiy tarkibi oʻrtasida noodatiy sport musobaqlari tashkillashtirildi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, harbiy xizmatchilarning bir-birlarini yaxshiroq tushunish va anglash tajribalarini oshirish, oʻzaro hamkorlik va ahillikni targʻib qilish va jamoaviy birlashuv aloqalarini kuchaytirishdan iborat.
Gʻolib jamoa va yakkalik bahslarida oʻz mahoratini namoyish etgan harbiy xizmatchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Quyida musobaqaning eng qaynoq nuqtalaridan fotolavhalarni taqdim etamiz.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati