UCHRASHUV: TANIQLI TEATR AKTYORLARIDAN MAHORAT DARSLARI (+FOTO)

4

Toshkent shahar va tuman Mudofaa ishlari boʻlimi shaxsiy tarkibi tomonidan maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda xalqimizning sevikli aktyor va aktrisalari ishtirok etib, teatr va hayot, adabiyot, mardlik va vatanparvarlik borasidagi qimmatli fikrlarini harbiy xizmatchilar bilan baham koʻrishdi.


Xususan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Yarasheva va teatr va kino aktyori Davron Karimovlar oʻzlarining notiqlik mahoratlarini barchaning koʻz oʻngida yana bir bor namoyot etishdi.
Uchrashuv davomida shaxsiy tarkib tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati