HARBIY XIZMATCHILAR “UYLANISH”GA BORISHDI (+FOTO)

4

Toshkent harbiy okrugining bir guruh muddatli harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston davlat satira teatriga tashrif buyurdi.


Isteʼdodli yosh rejissyor Elmurod Yoʻlchiyev tomanidan sahnalashtirilgan Gogolning “Uylanish” komediyasi barcha yigʻilganlarga birdek manzur boʻldi. Rejissyor ushbu komediyani oʻziga xos talqinda, zamon talabidan kelib chiqib, oʻzbekona ruhda sahnalashtirdi.

Harbiy xizmatchilar sahna koʻrinishlari va soʻzning sehridan yana bir bor bahra olishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati