TOSHKENT HARBIY OKRUGI QOʻMONDONI BIR GURUH FAXRIY GENERALLARNI BAYRAM BILAN QUTLADI (+FOTO)

7

Toshkent harbiy okrugida bir guruh faxriy generallar hamda armiyamizda uzoq va samarali mehnat qilgan ustoz-harbiylar bayram bilan samimiy tabriklandi.

Tantanali tadbirni Toshkent harbiy okrugi Qoʻshinlari Qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov ochib berib, uzoq yillar davomida armiyamizning shakllanishiga va koʻplab iqtidorli mutaxassislar, shogirdlarni yuzaga chiqarishda oʻz hissasini qoʻshgan fayriy generallarni bayram bilan muborakbod etdi.

Uchrashuv davomida faxriylar Mudofaa vazirining “Mudofaa vazirligi faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Nodir Jonuzoq barcha mehmonlarga Vatanimizning shonli tarixi va buguni aks etgan sheʼrini oʻqib berar ekan, undagi chuqur mohiyat yigʻilganlarni toʻlqinlantirib yubordi.

Kino va teatr aktyori Hamid Toshpoʻlatov yuksak tuygʻular haqidagi monologi bilan tomoshabinlar koʻnglidan chuqur joy oldi.

Soʻz ustalari va Chirchiq garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar bayramga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati