QOʻSHALOQ BAYRAM: “ENG ILGʻOR ALOQACHI MUTAXASSIS”LAR MUSTAQILLIK BAYRAMIDA TANTANALI TAQDIRLANDI (+FOTO)

5

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida Mudofaa vazirligi miqiyosida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor aloqachi mutaxassis” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan bir guruh harbiy xizmatchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.


Ushbu tanlovda faxrli birinchi oʻrinni egallagan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Abror Akromov, “Eng ilgʻor IMR-2 mashinasi haydovchisi” yoʻnalishida faxrli ikkinchi oʻrinni olgan serjant Jambul Sherbekov, Asiljon Bekmurodovlar tantanali taqdirlandi.
Shu bilan birga shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Shaxboz Faxriddinov “Eng ilgʻor ognemyot” mutaxassisligi yoʻnalishida faxrli birinchi oʻrinni egalladi. “Eng ilgʻor radiatsion kimyoviy biologik razvedka hisobi” yoʻnalishida guruh tarkibi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.


Tantanali tadbir kuy-qoʻshiqlarga boy boʻldi. Harbiy qism komandiri polkovnik Ismoil Qurbonov gʻoliblarga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati