HARBIYLARIMIZ IMKONIYATI ChEKLANGAN KISHILAR XONADONIDA (+FOTO)

5

Mustaqillikning mohiyati ezgu ishlar, amallar bilan yanada ravshanlashadi. Hurlik shabbodalari esib turgan diyorimizda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning fidoyiligini qancha madh etsak shuncha kam.


Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismning bir guruh ofitserlari poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan bir guruh kam taʼminlangan hamda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan xabar olishdi.
Maqsad, bir koʻngilni koʻtarish, ularga ezgulik ulashish, hayotga, yashashga boʻlgan ishtiyoqlarini oshirish.
Bunday xayrli ishlar keng koʻlamda davom ettirilmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati