CHIRCHIQ POLIGONIDA BAYRAM: QIZIQCHI AVAZ OXUN HARBIY XIZMATCHILAR DAVRASIDA (+FOTO)

6

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq poligonida harbiy qismlaridan birida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Unda yuqori qoʻmondonlik vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.


Kuy-qoʻshiqlar va raqslar, koʻngilochar chiqishlar yigʻilganlarni xushnud etdi.


Bayramona tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, isteʼdodli soʻz ustasi Avaz Oxun oʻzining quvnoq latifalari bilan barchaga kayfiyat ulashdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati