TOSHKENT HARBIY OKRUGI HARBIY QISMLARIDAN BIRINING JANGOVAR SHAYLIGI QOʻQQISDAN TEKSHIRILDI (+FOTO)

5

Qoʻqqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — shaxsiy tarkibning tomonidan qoʻyilgan vazifalarni belgilangan muddat ichida bajarilishi, yaʼni harbiy xizmatchilarning oʻquv-jangovar topshiriqlarni amalga oshirishi va nostandart qarorlarni qabul qilishga tayyor ekanliklarini amalda koʻrsatishdan iborat.


Tekshiruv davomida brigada shaxsiy tarkibining yuqori jangovar shaylikka keltirish darajasi, boʻlinmalarning harakati, harbiy shaharchani qoʻriqlash va himoya qilish tizimi, boʻlinma komandirlarining jangovar vazifalarni bilish qobiliyati, texnikalarning harakatlanish hududiga chiqishi nazorat qilindi.


Reaktiv artilleriya divizioni jangovar mashinalari koʻzdan kechirilib, shaxsiy tarkibning harakati, yetib kelishi, xabardor qilish tizimi, navbatchining vazifalari va majburiyatlari atroflicha koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga shaxsiy tarkibning harakati, harbiy shaharchani qoʻriqlash va himoya qilish tizimi, brigada komandirining shaxsiy tarkibga vazifalar qoʻyishi, brigada boshqaruv punktining yoyilishi, barcha boʻlinmalarda ishlab chiqilgan jangovar shaylik hujjatlari tekshirildi, texnikalarni texnik holati oʻrganildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati