XALQ VA ARMIYA – YAKDIL (+FOTO)

6

Bir guruh harbiy xizmatchilar tomonidan Chirchiq shahridagi “Birlik” mahallasi bilan hamkorlikda “Xalq va armiya – yakdil” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.


Bundan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlar ongida vatanparvarlik tuygʻusini yanada rivojlantirish, yurtga sadoqat tuygʻularini mustahkamlashdan iborat. 200 nafardan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirokidagi uchrashuv qoʻl jangi namoyishlari bilan yanada fayz oldi.

Harbiy texnikalar namoyishi barchani hayratga solgan boʻlsa, milliy ruhni uygʻotuvchi nutqlar, maʼruzalar barchaning qalbidan muqim joy oldi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati