MUDOFAA VAZIRLIGI MIQIYOSIDA “ENG ILGʻOR MUTAXASSIS”LAR ANIQLANDI (+ФОТО)

6

Chirchiq oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti va Toshkent harbiy okrugi Chirchiq dala oʻquv maydonida Quruqlikdagi Qoʻshinlarni havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari oʻrtasida “Quruqlikdagi qoʻshinlarni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari eng ilgʻor mutaxassisi” va “Quruqlikdagi Qoʻshinlarni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari eng ilgʻor hisobi” konkursining Mudofaa vazirligi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Musobaqani xolis baholab borish uchun barcha okruklardan mutaxassis-vakillar taklif etildi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad 2020-yilda boʻlib oʻtadigan Armiya oʻyinlariga Mudofaa vazirligi terma jamoasini shakllantirish, malakali mutaxassislarni saralab olish va tanlovga munosib ishtirok etishdan iborat.
Musobaqa ishtirokchilari mutaxasisilik boʻyicha shtat qurollaridan amaliy meʼyorlarni bajarish, jismoniy tayyorgarlik meʼyorlari, nazariy bilim saviyasi hamda amaliy otish mashqlari boʻyicha sinovdan oʻtkazildi.

Musobaqa natijalariga koʻra “Quruqlikdagi Qoʻshinlarni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari eng ilgʻor mutaxassisi” hamda “Quruqlikdagi Qoʻshinlarni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari eng ilgʻor hisobi” boʻyicha Toshkent harbiy okrugi mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Janubiy gʻarbiy maxsus harbiy okrugi hamda Markaziy harbiy okrugi ishtirokchilari 2 va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati