KOʻRGAZMALI MASHGʻULOT: JANGOVAR TEXNIKALAR IMKONIYATLARI TOʻLIQ OʻRGANILMOQDA (+ФОТО)

5

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq dala oʻquv maydonida jangovar va avtomobil texnikalarni haydash mashgʻulotlarini oʻtkazishni uslubiy-koʻrgazmali mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.


Mashgʻulotdan koʻzlangan maqsad ofitserlarning metodik-uslubiy tayyorgarligini oshirish, jangovar texnikalar imkoniyatlarini shaxsiy tarkibga toʻliq yetkazish, ofitserlar oʻrtasida mashgʻulotlarni sifatli va tezkor tashkillashtirish koʻnikmalarini yanada oshirishdan iborat.
Oʻquv mashgʻulotlariga Chirchiq garnizoni harbiy qismlaridan 120 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.


Mashgʻulot natijalari shuni koʻrsatdiki, avvalo 120 nafar ofitserlar tarkibi oʻz kamchiliklari ustida jiddiy ishlash, uslubiy tajribalarini oshirib borish, ushbu oʻquv-yigʻinidagi boy amaliyotni oʻz shaxsiy tarkibida ham qoʻllash metodikasiga ega boʻlishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati