ENG YAXSHI KUTUBXONA VA KUTUBXONACHILAR OKRUG MIQIYOSIDA ANIQLANDI (+FOTO)

5

Toshkent harbiy okrugida “Eng yaxshi kutubxona” va “Eng yaxshi kutubxonachi” tanlovining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda harbiy qism va muassasalardan tashrif buyurgan kutubxonachilar ishtirok etdi.

Tadbirni okrug Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi katta ofitseri mayor Aziz Tursunov hamda okrug xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila-aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi Oydina Odilovalar xolisona baholab bordi.

Eng yaxshi kutubxona yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchilar kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, yangi adabiyotlarning miqdori, kundalik nashrlarning doimiyligi, elektron axborot almashinuvi kabi shartlar boʻyicha baholangan boʻlsa, eng yaxshi kutubxonachilar bilim va kasbiy mahorati, kitobxonlarga koʻrsatayotgan xizmat turlari, elektron katalog yaratish va foydalanish, tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar oʻtkazish, kitobxonlar bilan ishlash kabi shartlar boʻyicha sinovdan oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga koʻra “Eng yaxshi kutubxona” nominatsiyasida 1-oʻrinn Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazi kutubxonasiga nasib etdi.
“Eng yaxshi kutubxonachi” yoʻnalishida esa 1-oʻrin Chirchiq shahridagi harbiy qism kutubxonachisi Rayxon Qilichovaga nasib etdi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati