MUDOFAA VAZIRLIGI MIQIYOSIDAGI CHEMPIONAT: TOSHKENT HARBIY OKRUGI FAXRIYLARI PESHQADAM BOʻLDI (+FOTO)

7

Mustaqillik bayramining 28 yilligi munosabati bilan faxriylar oʻrtasidagi shaxmat-shashka, futbol boʻyicha Mudofaa vazirligi miqyosidagi chempionat boʻlib oʻtdi.


Musobaqada Mudofaa vazirligi tasarrufidagi 5 ta okrug faxriy jamoasi ishtirok etib, bir-biridan qiziqarli oʻyinlarni namoyish etishdi.


Natijalarga koʻra Toshkent harbiy okrugi faxriylarining futbol jamoasi mutlaq gʻalabani qoʻlga kiritdi. Shaxmat-shashka yoʻnalishida esa okrug jamoasi ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida esa okrug jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, chempionat peshqadamiga aylandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati