MALAKALI HARBIY PSIXOLOG HARBIY OILALAR BILAN SUHBAT OʻTKAZDI (+FOTO)

6

Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan oilada psixologik muhit va vujudga keladigan muammolar yuzasidan mashgʻulot va davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari psixologiya va kasbiy taʼlim boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Umida Mirzakarimova ishtirok etib, harbiy oilalar va ularda vujudga kelayotgan masala va muammolar yechimi yuzasidan oʻz takliflarini bildirib oʻtdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati