YOSHLAR KUNI: BARCHA HARBIY QISMLARDA SOHA VAKILLARI BILAN UCHRASHUVLAR TASHKIL ETILDI (+FOTO)

7

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent harbiy okrugiga qarashli barcha harbiy qismlarda Yoshlar ittifoqi va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, Sirdaryo viloyati harbiy qismlaridan birida safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilari oʻrtasida “Yoshlarga berilayotgan imtiyozli kredit va biznes rejalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazilib, unda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab quvvatlash markazi Sirdaryo viloyat viloyat boʻlinmasi bosh mutaxassisi Shoxruh Tursunqulov ishtirok etdi.

Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda esa 21-oʻrta maktab oʻquvchilari bilan yoshlar qalbida harbiy xizmatga boʻlgan ishtiyoqni oshirish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.
Quyida harbiy qismlarda oʻtkazilgan uchrashuvlar aks etgan fotolavhalarni taqdim etamiz.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati