HARBIY XIZMATCHILARNING RASSOM QIZLARI (+FOTO)

5

Yoshlikda olingan bilim – toshga oʻyilgan naqsh kabidir. Har bir yosh avlod niholga oʻxshaydi. Bugun qanday parvarish qilinsa, ertaga shunday oʻsadi, meva beradi.

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun rassomchilik toʻgaragi ish boshladi. Mashgʻulotlar  harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis Umida Abduvohidova rahbarligida olib borilmoqda.

Oddiy hodisadek koʻringan ushbu moʻjaz toʻgarak kelgusida mamlakat va millatning faxri boʻlgan rassom va ijodkorlarning kamol topishiga turki boʻlsa, ajabmas.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati