MAHORATLI DESANTCHI YERGA QUSH PATIDEK YENGIL QOʻNA OLADI (+FOTO)

12

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi Markaz desantchilar tayyorlash bazasida 600 metr balandlikdan parashyutdan sakrash amaliy mashgʻulotlarini bajarmoqda. Sakrashlarda harbiy desantchilar va parashyut sport komandirlari jamoasi “Berkut-2”, “Malva-24” parashyutlarida oʻz mahoratlarini oshirmoqda.


“Mi-8” vertolyoti samo uzra kezar ekan, dovyurak desantchilar sakrashdagi har bir elementni sinchkovlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Podpolkovnik Gʻayrat Nurmetov shogirdlariga parashyut insonning bir boʻlagiga aylanib ketsagina unga boʻysunishini bot-bot taʼkidladi. Chunki bunda nafaqat jismoniy harakat, balki psixologik jarayonlar ham muhim rol oʻynaydi. Agar desantchi yerga qush patidek yengil qoʻna olsa, demak u oʻz ishining mohiri hisoblanadi.


Ham amaliy, ham nazariy jarayonlar yer-u koʻkda davom etmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati