“KOMBAT AYKIDO” XALQARO TURNIRI “KOMBAT KURASH” YOʻNALISHI SOVRINDORLARI BILAN TANISHING!

14

Joriy yilning 1-5-iyul kunlari Buxoro viloyatining Buxoro shahrida yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida «Kombat Aykido» sport turi boʻyicha Xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
Unda Respublikamizning barcha viloyatlari sport jamoalari, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent harbiy okrugi, Markaziy va Janubi gʻarbiy maxsus harbiy okruglari terma jamoalari, shuningdek, Tojikiston, Afgʻoniston davlatlari jamoalari ham ishtirok etdi.
Toshkent harbiy okrugi jamoasi ushbu Xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Turnir yakuniga koʻra, Kombat kurash yoʻnalishida 63,5 kg vazn toifasida:

SHBHX oddiy askar Alisher ABDUSAMATOV faxrli 1-oʻrin

67 kg vazn toifasida kichik serjant Shuxrat BAFOYEV faxrli 1-oʻrin

67 kg vazn toifasida oddiy askar Jasur AXATOV faxrli 2-oʻrin

81 kg vazn toifasida SHBHX oddiy askar Nizomiddin TAGAYEV faxrli 2-oʻrin

+91 kg vazn toifasida oddiy askar Azamjon MAXSUDALIYEV faxrli 1-oʻrin

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati