BELARUSDA OʻTKAZILGAN XALQARO ChEMPIONATDA TOSHKENT HARBIY OKRUGI VAKILI HAM SOVRINDOR BOʻLDI (+FOTO)

14

Xabaringiz bor, Belarus poytaxti Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida koʻpkurash (komandirlik startlari) va harbiy – amaliy koʻpkurash boʻyicha oʻtkazilgan chempionatda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.


Terma jamoamiz safida Toshkent harbiy okrugi sport jamoasi vakili, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Abbos Isʼhoqov ham munosib ishtirok etib, faxrli gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi.

Shaxsiy hisobda “Komandirlik startlari” nominatsiyalarida bizning harbiy xizmatchilar quyidagi natijalarni koʻrsatishdi: “Brigada komandiri” – 2 oʻrin podpolkovnik D. Xaitov (426 ochko), “Batalyon komandiri” – 1 oʻrin mayor Sh. Ishmuratov (454 ochko), “Guruh komandiri” – 3 oʻrin Kapitan B. Madaminov (404 ochko), “Vzvod komandiri” – 2 oʻrin kapitan A. Usmanov (410 ochko).

Umumjamoa Komandirlik startlarida Belarus jamoasi 1728 ochko yiqqan boʻlsa, oʻzbekistonlik harbiylar 1694 ochko yigʻishga muvaffaq boʻldi. Uchinchi oʻrin qirgʻizistonliklarga nasib etdi. Harbiy amaliy koʻpkurashda Belarusda – 21221 ochko, Oʻzbekistonda – 20957 ochko, 20009 ochko bilan esa rossiyaliklar kuchli uchlikni yopdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati