“QOʻSHINLAR RAZVEDKASI AʼLOCHISI” MUSOBAQASINING OKRUG BOSQICHI NIHOYASIGA YETDI

15

Chirchiq poligonida Razvedka boʻlinmalari orasida “Qoʻshinlar razvedkasi aʼlochisi” musobaqasining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi.

“Eng ilgʻor mutaxassis” koʻrik-tanlovi doirasida oʻtkazilayotgan ushbu bahslarda 20 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etib, ular 5 km masofaga yuk jamlanmalari bilan marsh yugurish, PM-9 va oʻziga biriktirilgan qurollardan otish, razvedkachilar maxsus yoʻlagidan oʻtish va ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra “Qoʻshinlar razvedkasi aʼlochisi” yoʻnalishida 1 oʻrinni katta leytenant Rustam Javliyev, 2 oʻrinni shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Mirjalolxon Qosimov, 3 oʻrinni esa shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Ahmad Xoldorovlar egalladi.
Gʻoliblar tanlovning Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati