TOSHKENT HARBIY OKRUGI HARBIY QISMLARI QW-18 OLIB YURILADIGAN ZENIT RAKETA MAJMUASI BILAN TAʼMINLANADI

13

Joriy yilning 15-29-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining “VIEK TOCHMASH” korporatsiyasi mutaxassislari Toshkent harbiy okrugiga tashrif buyuradi.


Rejaga muvofiq korporatsiya mutaxassislari tomonidan Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti va okrug harbiy qismlar bazalarida QW-18 olib yuriladigan zenit raketa majmuasini yigʻish va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati