RAZVEDKACHILAR TOGʻ TOʻSIQLARI YOʻLAGIDAN OʻTISHDI

16

Angren umumqoʻshin togʻ poligonida razvedka boʻlinmalari bilan togʻ tayyorgarligi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar davom etmoqda.


Razvedkachilarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida togʻ toʻsiqlari yoʻlagidan oʻtish mashgʻulotlari musobaqa tarzida tashkillashtirildi.

Avval razvedka vzvod komandirlari shaxsiy tarkibga namuna boʻlib, togʻ toʻsiqlari yoʻlagidan oʻtishdi. Bu esa harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini yanada oshirdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati