MUSOBAQA AVJIDA: HARBIY XIZMATCHILAR VA SOYLIQLIKLAR BELLASHUVI

19

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlar tashabbusi bilan Boʻstonliq tumani Soyliq aholi yashash punktida “Yoshlar kuni”ga bagʻishlab “Sogʻlom tanda sogʻ aql” shiori ostida sport oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi.


Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Soyliq aholisi va yoshlari shaxmat-shashka, milliy taomlar tayyorlash, rassomchilik, kashtachilik, uzoq masofaga yugurish, raqs, stol tennisi, tosh koʻtarish, karate kabi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.
Tadbir barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi, oʻzaro doʻstlik tuygʻularini mustahkamladi. Musobaqa gʻoliblari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati