“TADBIRKORLAR FORUMI” HARBIY XIZMATCHILARNING OILALARINI TADBIRKOR QILMOQDA

13

Qurolli Kuchlar akademiyasida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Mudofaa vazirligi hamkorligida “Harbiylarning oilalarini tadbirkorlikka yoʻnaltirish iqtisodiy muvaffaqiyat poydevori” mavzusida Respublika tadbirkor xotin-qizlar forumi boʻlib oʻtdi.


Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning oʻtgan vaqt davomida harbiy xizmatchilarning 77 nafar oila aʼzolari oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyib olishlari uchun tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan koʻmaklashildi. 166 nafar ayollar doimiy ishga joylashtirildi.


Forumda harbiy xizmatchilarning oila aʼzrolari uchun tegishli banklar tomonidan 8 foizli imtiyozli kridetlar ajratilayotgani, oʻtgan vaqt davomida 214 nafa xotin-qizlar xususiy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygani, 7 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ish bilana taʼminlangani taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir doirasida Toshkent harbiy okrugidan kapitan Akbar Azimov koʻrgazmali tadbirkorlik materiallari bilan qatnashib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Kunning ikkinchi yarmida akademiyaning bitiruvchi kurs kursantlari va yetakchi mutaxassislari uchun master klass tashkil qilindi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati