3 NAFAR SPORTCHIMIZ QOʻL JANGI BOʻYICHA RESPUBLIKA TURNIRIDA SOVRINDOR BOʻLDI

14

Joriy yilning 20-23-iyun kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida qoʻl jangi sport turi boʻyicha professionallar oʻrtasida Respublika turniri boʻlib oʻtdi.
Ushbu bahslarda Toshkent harbiy okrugi jamoasi oʻz salohiyatini munosib namoyon eta oldi. Qizgʻin kechgan kurashlarda 60 kg. vazn toifasida Toshkent harbiy okrugi vzvodi muddatli harbiy xizmatchisi, oddiy askar Ramazon Temirov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 80 kg. vazn toifasida muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar Obidjon Sobirov 2-oʻrinni, 85 kg. vazn toifasida esa serjant Roʻzimurod Gʻoziyev 3-oʻrinni egalladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati