SINCHKOV RAZVEDKACHILAR CHOʻQQILARNI ZABT ETMOQDA

16

Toshkent harbiy okrugi razvedka boʻlinmalari tomonidan “Chimyon” togʻ oʻquv markazi va “Angren” umumqoʻshin togʻ poligonida togʻ tayyorgarligi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtmoqda.

Harbiy xizmatchilar mashgʻulot mobaynida togʻ sharoitida harakatlanishda qoʻl keladigan asbob-anjomlardan foydalanish qoidalari, arqonlarni tugush usullari, qiyaliklarda guruh boʻlib harakatlanish va tik koyaga chiqish boʻyicha oʻz koʻnikmalarini oshirmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati